12 ta viloyatdan saylangan senatorlar ro‘yxati e’lon qilindi

12 ta viloyatdan saylangan senatorlar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekistonning 12 ta viloyatida Oliy Majlis Senati a’zoligiga vakillar saylandi.

Surxondaryodan senator bo‘lganlar:

1. To‘ra Bobolov, Surxondaryo viloyati hokimi;

2. Baxtigul Bo‘tayeva, Qiziriq tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori;

3. Bahodir Qodirov, «Surxon sanoat qurilish» kompaniyasi boshqaruvi raisi;

4. Abdug‘ani Sanginov, «O‘zbekgidroenergiya» AJ boshqaruvi raisi;

5. Arziqul Soatov, FO‘O‘BOFMB Surxondaryo viloyati kengashi raisining keksalar va faxriylar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari;

6. Abduqodir Toshqulov, Termiz davlat universiteti rektori.

Jizzaxdan senator bo‘lganlar

1. Ergash Soliyev, viloyat hokimi;

2. Xolida Alimova, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi bosh shifokori;

3. Nazira Muxtorova, viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;

4. Nusratullo Pardayev, kasaba uyushmalari viloyat kengashi raisi;

5. Risqul Siddiqov, Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot institutining G‘allaorol ilmiy tajriba stansiyasi direktori;

6. Sanobar Suyarova, xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli «Umid» maktab internati direktori.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

Buxorodan senator bo‘lganlar:

1. O‘ktam Barnoyev, Buxoro viloyati hokimi;

2. Abera Huseynova, respublika «Oila» ilmiy- amaliy tadqiqot markazining Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i;

3. Nurmuhammad Achilov, Olot tumanidagi «Parvoz Humo Ravnaq Trans» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi;

4. Erkin Gadoyev, respublika Moliya vazirligi departamenti direktorining birinchi o‘rinbosari;

5. Murtazo Rahmatov, «Buxoro Kotton Tekstil Klaster» paxta-to‘qimachilik klasteri ta’sischisi;

6. Shuhrat Cho‘lliyev, Olot tuman kengashi deputati, muqaddam Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent shahridan senator bo‘lganlar:

1. Jahongir Ortiqxo‘jayev, Toshkent shahar hokimi;

2. Tanzila Norboyeva, 25-Sebzor saylov okrugidan deputat, avvalgi chaqiriqdagi Senat raisi;

3. Rustam Kalonov, «Nuroniy» jamg‘armasining Toshkent shahar Kengashi raisi;

4. Azamat Ziyo, O‘zFA Tarix instituti direktori;

5. Shomansur Sa’dullayev, O‘zFA O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori;

6. Dilorom Toshmuhammedova, «Oila» ilmiy-amaliy markazi direktori.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati

Farg‘onadan senator bo‘lganlar:

1. Shuhrat G‘aniyev, Farg‘ona viloyati hokimi;

2. Lola Murotova, «Nurli Obod» fermer xo‘jaligi rahbari, O‘zbekiston Qahramoni;

3. Robaxon Mahmudova, Prezidentning Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasi mudiri;

4. Ibrohimjon Sultonov, «Ibrohimjon gilamlari» xususiy ishlab chiqarish korxonasi rahbari;

5. Topvoldi Xoldorov, «Nuroniy» jamg‘armasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi;

6. Enaxon Siddiqova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Sirdaryodan senator bo‘lganlar:

1. G‘ofurjon Mirzayev, Sirdaryo viloyati hokimi;

2. Hayitxon Ortiqboyeva, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi mas’ul rahbari;

3. Ulug‘bek Sotiboldiyev, «BEK Cluster» mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi bosh direktori;

4. Anvar To‘ychiyev, Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Sirdaryo viloyati Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari;

5. Farhod Boqiyev, Sirdaryo viloyati Axborot va ommaviy kommunikasiyalar hududiy boshqarmasi boshlig‘i;

6. Dilfuza O‘rolova, Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati

Samarqanddan senator bo‘lganlar:

1. Erkinjon Turdimov, Samarqand viloyati hokimi;

2. Rustam Xolmurodov, Samarqand davlat universiteti rektori;

3. Gavhar Alimova, viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;

4. Hasan Normurodov, «Nuroniy» jamg‘armasi Samarqand viloyat bo‘limi raisi, O‘zbekiston Qahramoni;

5. Farmon Toshev, «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri;

6. Shavkat Jalolov, «Agromir Group» direktorlar assosiasiyasi Kengashi raisi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati

Andijondan senator bo‘lganlar

1. Shuhratbek Abdurahmonov, Andijon viloyati hokimi;

2. Ravshanbek Alimov, Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i;

3. Matluba G‘aniyeva, Andijon tumani «Orol» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi;

4. Odiljon Iminov, avvalgi chaqiriqdagi Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari;

5. Tolibjon Madumarov, avvalgi chaqiriqdagi Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari;

6. Akrom G‘aniyev, «Nil-granit» MCHJ ishlab chiqarish bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

Foto: Navoiy viloyati hokimligii matbuot xizmati

Navoiydan senator bo‘lganlar:

1. Qobil Tursunov, Navoiy viloyat hokimi;

2. Jamshid Xo‘jayev, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi raisi;

3. Ziba To‘lekova, Tomdi tumani hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;

4. Bahodir Sharipov, «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi;

5. Dilbar Orziyeva, Navoiy shahar «Mehribonlik uyi» direktori;

6. Ulug‘bek Fayziyev, «Zarafshon Golden Group» MCHJ ta’sischisi.

Xorazmdan senator bo‘lganlar:

1. Farxod Ermanov, Xorazm viloyati hokimi;

2. Gavhar Durdiyeva, Xorazm Ma’mun akademiyasi ilmiy ishlar bo‘yicha rais o‘rinbosari;

3. Ravshanbek Qurbonov, Respublika kardiologiya markazi direktori;

4. Farog‘at Sa’dullayeva, «Urganch milliy tikuvchilik» oilaviy korxonasi rahbari;

5. Bahodir Tajiyev, avvalgi chaqiriqdagi Senatning Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya qo‘mitasi raisi;

6. Umarbek Sharipov, «Tillo domor» xususiy korxonasi rahbari.

Qashqadaryodan senator bo‘lganlar:

1. Zoyir Mirzayev, Qashqadaryo viloyati hokimi;

2. Abdurahim Irkayev, Qarshi davlat universiteti milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi dosenti;

3. Shermat Shamsiyev, «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MCHJ direktori;

4. Ilhom Qurbonov, «Amu-Qashqadaryo» ITXB boshlig‘i;

5. Xurshid Fozilov, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi Qarshi filiali direktori;

6. Feruza Eshmatova, avvalgi chaqiriqdagi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo masalalari Qo‘mitasi raisi o‘rinbosari.

Namangandan senator bo‘lganlar

1. Xayrullo Bozorov, Namangan viloyati hokimi;

2. Nosirbek Abdullaxonov, Namangan shahridagi «Anamed» diagnostika markazi rahbari;

3. Dobrix Anna, «Iftixor kiyim sanoat» MCHJ rahbari;

4. Ikromxon Najmiddinov, «Nuroniy» jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi;

5. Mahmudjon Parpiyev, «Namangan haqiqati» viloyat gazetasi bosh muharriri;

6. Baxtiyor Umarov, «Istiqlol tekstil dizayn» MCHJ direktori.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!