11 yoshli bola daryoda oqib ketdi. U hamon qidirilmoqda

11 yoshli bola daryoda oqib ketdi. U hamon qidirilmoqda

Rossiyada yakshanba kuni tushdan keyin – polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 16:20da 11 yoshli Semyon daryoga tushib ketgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bola tengdoshlari bilan o‘ynab, ko‘prikning beton suyanchig‘iga chiqqan. Keyin tasodifan daryoga yiqilib tushgan va bolani oqim olib ketgan.

Hududiy Ichki ishlar vazirligining ta’kidlashicha, qidiruv uchun qo‘shni hududiy organlarning kuchlarini jalb qilgan holda bo‘limning barcha shaxsiy tarkibi jalb qilingan. Keyinchalik daryo bo‘yi maxsus uskunalar yordamida tekshirila boshlandi.

Hozirga qadar bedarak yo‘qolgan bola topilgani haqida xabarlar bo‘lmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!