11 noyabr kuni Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi

11 noyabr kuni Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi

Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti 11 noyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, bu 2021 yil noyabr oyida Turkiy Kengash o‘rniga tuzilgan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti bo‘ladi.

Tashkilotga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston a’zo hisoblanadi. Vengriya va Turkmaniston kuzatuvchi maqomida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!