100 minga yaqin O‘zbekiston fuqarosi 10 kunda Rossiyani tark etdi
25 avgustdan 5 sentyabrga qadar Rossiyadan O‘zbekistonga 96 415 nafar fuqaro qaytib keldi, deb xabar berdi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi.
Ularning 54 885 nafari Rossiyadan O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar orqali qaytgan bo‘lsa, yana 41 530 kishi Qozog‘iston hududi orqali kirib kelgan.
Ekspertlar Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarining ommaviy qaytishini rubl qadrsizlanishi, real daromadlarning pasayishi, xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar va Rossiyada migrasiya qonunchiligining izchil ravishda kuchaytirilishi bilan bog‘lamoqda.
🌍 Mutaxassislarga ko‘ra, mintaqa fuqarolari mehnat migrasiyasi uchun tobora ko‘proq muqobil yo‘nalishlarni tanlamoqda. Ular orasida Yaqin Sharq davlatlari, Yevropa mamlakatlari, Janubiy Koreya va Xitoy bor.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Nega Isroil O‘zbekistonga qiziqib qoldi?
Исроил Эроннинг шимолидаги Марказий Осиё давлатлари билан иқтисодий, технологик ва хавфсизлик алоқаларини кучайтиряпти.
