100 million dollar: Habib Meyuezerga qarshi jangga nega rozi bo‘lmagan?

100 million dollar: Habib Meyuezerga qarshi jangga nega rozi bo‘lmagan?

Rossiyalik aralash jang ustasi (MMA) Habib Nurmagomedov amerikalik bokschi Floyd Meyuezer bilan jang uchun 100 million dollar taklif qilinganini tushuntirdi. Uning so‘zlari "Sport24" tomonidan keltirilgan.

Sportchining ta’kidlashicha, ushbu jangni o‘tkazish istagi mavjud bo‘lgan, shuning uchun u Saudiya Arabistoni vakillari bilan muzokaralar olib borgan. «Ular o‘sha yerda jang qilishimni xohlashdi. 100 million dollarni esa aniq bilmayman", - dedi u.

25 may kuni Nurmagomedovning menejeri Ali Abdel-Aziz rossiyalikka Meyuezer bilan jang uchun 100 million dollar taklif qilishganini aytdi, ammo Habib onasiga sportni tark etishini va’da qilgani sababli rozi bo‘lmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Nurmagomedovning ushbu taklifni olganligi haqidagi ma’lumotni hamma tasdiqlashi mumkin.

Nurmagomedov 2020 yil oktyabr oyida amerikalik Jastin Geytjini mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng MMAni tark etgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!