100 gektar maydonda yangi bog‘ tashkil qilinadi

100 gektar maydonda yangi bog‘ tashkil qilinadi

Shaharda bosh reja bo‘lmaguncha, yangi qurilishlarga moratoriy e’lon qilinadi.

Davlatimiz rahbari qurilishga ruxsat berilganda, mavjud infratuzilmaga yuklama bo‘yicha aniq hisob-kitob qilinmayotgani, yashil maydonlar tashkil qilish ishlari qurilishlar bilan hamohang olib borilmayotganini tanqid qildi.

Shu bois, shaharning bosh rejasi tasdiqlanmaguncha yangi qurilishlarga moratoriy e’lon qilinishi ta’kidlandi.

2023 yilda Toshkent shahrining yashillik darajasini 28 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Shu maqsadda 100 gektar maydonda yangi bog‘ tashkil qilinadi. “Toshkent yashil belbog‘i” loyihasi boshlanib, bahor mavsumida 525 ming tup daraxt va butalar, 20 million tup gul ko‘chatlari ekiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!