10 yillik tanaffusdan keyin o‘zbek dzyudochisi jahon reytingi yetakchisiga aylandi

10 yillik tanaffusdan keyin o‘zbek dzyudochisi jahon reytingi yetakchisiga aylandi

Xalqaro dzyudo federasiyasi sportchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, unda -90 kg vazn toifasida dzyudochi Davlat Bobonov birinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan.

Bobonov joriy yil Jahon chempionatida kumush, Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Qayd etish joiz, oxirgi marta dzyudochi Rishod Sobirov London-2012 Olimpiadasidan avval -60 kg vaznda birinchi o‘rinda qayd etilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!