"10 kunda qaytaraman": 13.400 AQSh dollari "qulog‘ini ushladi"

"10 kunda qaytaraman": 13.400 AQSh dollari "qulog‘ini ushladi"

Toshloq tumani. 24 iyun kuni Sheroziy ko‘chasida yashovchi fuqaro D.R. IIBga murojaat qilib, unda 2018 yilning 02 iyun kuni noma’lum shaxs yashash uyiga kelib uning ishonchiga kirib, oziq-ovqat mahsulotlari biznesini boshlayotganligini aytib, 10 kunda qaytarish sharti bilan jami 13.400 AQSh dollari pullarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni B.F. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!