10:0. Joze Mourinyo "Roma" boshqaruvida birinchi o‘yinini o‘tkazdi

10:0. Joze Mourinyo "Roma" boshqaruvida birinchi o‘yinini o‘tkazdi

O‘rtoqlik uchrashuvida Rimning "Roma" klubi "Montekatini"ni 10:0 hisobida mag‘lub etdi. "Bo‘rilar" uchun ushbu o‘yin portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo rahbarligidagi birinchi o‘yin bo‘ldi.

Borxa Mayoral g‘oliblar orasida xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Rikkardo Kalafiori, Janluka Manchini, Karles Peres, Nikolo Zaniolo, Nikola Zalevski va Amado Diavara bittadan gol urishdi. Yana bir avtogolni "Montekatini" futbolchisi kiritdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!