1 yanvardan pensiya miqdori oshadi

1 yanvardan pensiya miqdori oshadi

Bu bo‘yicha tegishli Qonunga o‘zgartish kiritildi. Unga ko‘ra, otasidan ham, onasidan ham judo bo‘lgan (chin yetim) bolalarning boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini oshirish ota va ona ish haqlarining umumiy miqdoridan kelib chiqib, pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 12 baravari miqdorida amalga oshirilishi belgilandi. (Ilgari 10 baravari edi).

Shuningdek, pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 baravaridan 12 baravariga oshiriladi.

Ushbu tartiblar 2023 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda O‘zbekistonda pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 324 ming so‘mni tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!