1-sinfga onlayn qabul qilish jarayonining ikkinchi bosqichiga start berildi.

1-sinfga onlayn qabul qilish jarayonining ikkinchi bosqichiga start berildi.

Bunda ota-onalarning yashash manzili bo‘yicha (doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxat asosida) biriktirilgan mikrohududidagi maktabiga yuborilgan arizalari qabul qilinadi.

Buning uchun my.maktab.uz platformasi yoki tizimning mobil ilovasi yordamida shaxsiy kabinetingizga kirib, “Mening arizalarim” bo‘limida maktabga (mikrohududdagi) borish kuni va vaqtini belgilashingiz mumkin.

aktabga borganingizda farzandingizni sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnomaning asl nusxasini olishni unutmang.

Maktab ma’muriyati zaruriyatga ko‘ra elektron platforma orqali yuborilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini o‘rganish uchun ota-onalardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasini talab etishga haqli.

Eslatma: Mikrohudud bo‘yicha qabul joriy yilning 31 iyuliga qadar amalga oshiriladi.

Ota-onalar mikrohududdan tashqari ixtiyoriy tanlangan ikkinchi va uchinchi maktablar uchun qabul jarayoni 1-15 avgust kunlari o‘tkazilishini yana bir bor eslatib o‘tamiz.

Maktablarda mikrohudud bo‘yicha qabul komissiyasi haftaning dushanba-juma kunlari soat 10:00 dan 16:00 ga qadar (13:00-14:00 tushlik vaqti) amalga oshiriladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!