1 oyda Saudiya Arabistoni 77 ming sayyohga viza berdi

1 oyda Saudiya Arabistoni 77 ming sayyohga viza berdi

Saudiya Arabistoni bir oyda xorijlik sayyohlar uchun 77 mingta elektron viza berdi va qirollik mehmonlari soni ortib bormoqda.

“28 sentyabrda sayyohlar uchun elektron vizalar joriy etilganidan beri Saudiya Arabistoniga sayyohlar oqimi ortib bormoqda, – dedi Investisiya bosh boshqarmasining turizm bo‘limi rahbari Majid Alg‘anim Londondagi World Travel Market ko‘ragazmasida. – Rejaga ko‘ra, 2030 yilda sayyohlar oqimi yiliga 100 millionga yetadi”.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilining 28 sentyabrida Saudiya Arabistoni ilk bor 49 mamlakat fuqarolariga sayohat uchun elektron viza berishni boshladi. Bu viza bilan Makka va Madinadaga borish mumkin emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!