1 martdan inkassator xizmati uchun haq buyurtmachi tomonidan to‘lanadi

1 martdan inkassator xizmati uchun haq buyurtmachi tomonidan to‘lanadi

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritildi (30-son, 16.01.2020 y.).

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, 2020 yil 1 martdan boshlab, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning naqd pullarini bankka inkassator orqali yetkazib berilgani uchun xizmat haqi shartnoma asosida buyurtmachi tomonidan to‘lanadi.

(Hozirgi tartibga ko‘ra, inkassasiya xizmati xarajatlari tijorat banklari tomonidan qoplanadi).

Shuningdek, ichki ishlar xodimlariga imtiyozli shartda turar joy sotib olish, qurish va rekonstruksiya qilishga uzoq muddatli ipoteka krediti tijorat banklarning o‘z mablag‘lari va jalb etiladigan mablag‘lar hisobiga berilganida kreditning foiz stavkasi bank va qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan bitim bo‘yicha belgilanadi.

(Bugungi kunda foiz stavkasi qayta moliyalashtirish stavkasining ikki foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorida belgilanadi).

Qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!