1 iyuldan Turkiyada komendantlik soati to‘liq bekor qilinadi

1 iyuldan Turkiyada komendantlik soati to‘liq bekor qilinadi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakatda 1 iyundan koronavirus fonida qo‘yilgan cheklovlarning bir qismi bekor qilinishini e’lon qildi, deb yozadi «RBK».

«1 iyuldan boshlab komendantlik soatini butunlay bekor qilamiz», — dedi Erdo‘g‘on.

Bundan tashqari, shaharlararo harakatlanish va shahar jamoat transportidan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilinadi.

Erdo‘g‘onning ta’kidlashicha, vaksinasiya mamlakat uchun asosiy maqsad bo‘lib qolmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyada 43 milliondan ortiq dozada koronavirusga qarshi vaksinalar ishlatilgan. Davlat rahbari bir necha hafta ichida 18 yoshdan kattalarni emlashni yakunlash niyatida ekanini e’lon qildi.

Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan kun davomida mamlakatda COVID-19’ga chalinish bo‘yicha 5,2 mingta yangi holat qayd etildi, 51 kishi kasallikdan vafot etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!