1 fevral kuni respublikaning ko‘plab viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

1 fevral kuni respublikaning ko‘plab viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zgidromet prognozlarida 31 yanvar va 1 fevral kunlari janub va voha viloyatlarida, 1 fevral kuni Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatida ham yomg‘ir yog‘ishi mumkinligi keltirilgan.

Kelayotgan besh kunlikda vodiy viloyatlari va shimolda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Mazkur nam havo oqimlari tunlari ham haroratni ko‘taradi. Janub viloyatlarida kelayotgan hafta boshida harorat +13 darajagacha iliydi.

Turkmanistonda ham kelayotgan haftaning seshanbasidan boshlab yog‘inli mavsumlar boshlanishi prognoz qilinmoqda. Havo harorati Turkmanistonning janubiy viloyatlarida +20 darajagacha ko‘tariladi. Mazkur issiq havo to‘lqini Armaniston tog‘liklaridan Kaspiy dengiz janubi orqali nam havo oqimlarini mintaqaga "tortadi".

Mazkur jarayon keyinroq O‘zbekistonga ham ta’sir etmasdan qolmaydi. Yuqori ehtimol, fevral oyi boshlari O‘zbekistonda bahoriy yomg‘irli ob-havo kutiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!