1 aprelga qadar bozorga 37,5 ming tonna piyoz chiqadi

1 aprelga qadar bozorga 37,5 ming tonna piyoz chiqadi

Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi Oziq-ovqat sanoati bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Otajon Pirmonov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ichki ehtiyojlarni qondirish va ushbu mahsulotlar narxi oshishining oldini oladi.

Shuningdek, u monitoring natijalarini keltirib o‘tdi: 1 yanvarga nisbatan piyozning ulgurji narxi 2900 so‘mga, maxsus savdo rastalarida 2000 so‘mga, savdo markazlarida 3550 so‘mga oshgan.

“O‘sish logistika narxlarining oshishiga fermerlar ixtiyoridagi piyozning bir qismi O‘zbekistonda kamdan-kam kuzatiladigan keskin sovuq tufayli muzlab qolgani hamda ayrim yoqilg‘i quyish shoxobchalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar qo‘yilgani sabab bo‘lgan. ”, dedi Pirmonov.

Bularning barchasi bozorga tovarlar yetkazib berish zanjirida vaqtinchalik uzilishlarga olib keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!