Realme 100 dollarlik hamyonbop smartfonini taqdim etdi
Yangi qurilmaga 1600x720 pikselli 6,5 dyuymga ega displey o‘rnatilgan. Barmoq izi skaneri na ekran osti va na korpusda joylashgan. Shuningdek, smartfonga USB-C emas, MicroUSB o‘rnatilgan. Akkumulyator sig‘imi 5000 mA/soatga teng. Batareya nafaqat smartfonning o‘zini, balki MicroUSB orqali ulangan qurilmani ham quvvatlantira oladi.
Foto: Gsmarena
Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, energiya zaxirasi 31,9 soatga, video tomosha qilinganida esa 21,6 soatga yetadi.
Apparat Android 10 operasion tizimida ishlaydi. Realme C11’ga MediaTek Helio G35 prosessori va 2 gigabayt tezkor xotira o‘rnatilgan. Ichki xotirasi esa 32 gigabaytga teng. Asosiy kameralar blokidan esa 13 va 2 megapikselli kameralar o‘rin olgan, frontal kamera 5 megapiksel.
Foto: Gsmarena
Avvalroq Xiaomi’ning eng hamyonbop telefonlari — Redmi 9A va Redmi 9C taqdim etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Malayziyada Redmi 9C 100 dollardan sotuvga chiqqan bo‘lsa, Redmi 9A 84 dollardan taklif etilmoqda.