Olimlar koronavirusga qarshi samarasiz bo‘lgan dorilarni ma’lum qilishdi

Olimlar koronavirusga qarshi samarasiz bo‘lgan dorilarni ma’lum qilishdi

Olimlar OIV terapiyasi uchun ishlatiladigan hamda COVID-19 bo‘lgan bemorlarga tavsiya etilgan lopinavir va ritonavir preparatlari samarasiz deb hisoblashmoqda.

Tegishli bayonot Britaniyaning “RECOVERY” klinik tadqiqotlari rahbarlari tomonidan berildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yil mart oyida mutaxassislar infeksiyani davolashning bir qator potensial usullarini sinab ko‘rishni boshlashgan. Tadqiqot esa Buyuk Britaniyadagi 176 kasalxonaning 17,600 bemorini o‘z ichiga olgan.

Olib borilgan klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatganki, lopinavir-ritonavirning kombinasiyasi koronavirusli bemorlarni davolashda ijobiy natija bermagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!