Pandemiya dunyo bo‘ylab yana 340 million odamni ishsiz qoldirishi mumkin

Pandemiya dunyo bo‘ylab yana 340 million odamni ishsiz qoldirishi mumkin

Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, pandemiya dunyo bo‘ylab yana 340 million odamni ishsiz qoldirishi mumkin.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, odamlar yana karantin rejimiga qaytishsa, yil oxirigacha ishlaridan ayrilishadi. Qayd etilishicha, pandemiya allaqachon dunyo bo‘ylab 400 million odamni ishsiz qoldirishga ulgurgan.

Birgina misol, fransuz samolyotlarini ishlab chiqaruvchi “Airbus” kompaniyasi koronavirus pandemiyasi tufayli 15 ming xodimni qisqartirishini e’lon qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya Germaniyada 6000 ga yaqin, Fransiyada 5 mingga yaqin, Buyuk Britaniyada 1700 ta va Ispaniyada esa 900 ta ish joyini qisqartirishga majbur.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!