Yurtimizning to‘rt hududida yana 100ga yaqin bemor tuzaldi

Yurtimizning  to‘rt hududida yana 100ga yaqin bemor tuzaldi

Shu soatlarda poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 14 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 44 nafar, Buxoro viloyatida 14 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar, Qashqadaryo viloyatida 18 nafar, jami 97 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga  kuzatildi.

❗️Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3482 nafar bemor sog‘aydi. 

❗️Buxoro viloyatida esa “COVID-19”dan tuzalganlarning soni 504 nafarga yetdi.

❗️Bugungi kunda Samarqand viloyatida koronavirusdan sog‘ayganlar soni 400 nafarni tashkil qilmoqda.

❗️Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida esa 74 nafar bemor infeksiyadan forig‘ bo‘ldi. 

‼️Shu tariqa, bugun ayni paytgacha jami 152 nafar bemor “COVID-19”dan tuzalib, hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 5834 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!