Bosh prokuratura jamoatchilikka murojaat bilan chiqdi

Bosh prokuratura jamoatchilikka murojaat bilan chiqdi

Bosh prokuratura O‘zbekiston aholisiga murojaat bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura keng jamoatchilik e’tiborini yana bir bor prokuratura organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz va keskin kurash olib borilayotganiga qaratadi. Ya’ni, Bosh prokuratura mamlakatning har bir fuqarosini jamiyatda, xususan prokuratura organlarida korrupsiyani tag-tomiri bilan bartaraf etishda faol hamkorlikka chaqiradi.

"Agar prokuratura organlarining biron-bir xodimi faoliyatida korrupsiya bilan bog‘liq xatti-harakat (yoki harakatsizlik)ni kuzatsangiz, sezsangiz, bu haqda zudlik bilan Bosh prokuratura Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasining (71) 202-08-28 raqamli “Ishonch telefoni”ga ma’lum qilishingizni so‘raymiz.

Murojaatchilar haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishi to‘liq kafolatlanadi", - deyilgan murojaatda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!