Shavkat Mirziyoyev Parkent tumanini turizm markaziga aylantirish bo‘yicha takliflar berdi
- Yangi O‘zbekiston” bog‘idan Parkentning so‘lim go‘shalariga eltuvchi 30 kilometr uzunlikdagi yangi magistral yo‘l quriladi;
- Toshkent shahridan Parkentga tezyurar avtobuslar qatnovi tashkil etiladi;
- tuman infratuzilmasiga 100 milliard so‘m ajratiladi;
- tumanda turizm uchun maxsus soliq rejimi joriy qilinadi. Bunda tadbirkorlar 3 yil davomida aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada, mol-mulk, yer, suv soliqlarini hisoblangan summadan bor yo‘g‘i 1 foizini to‘laydi;
- yo‘l bo‘ylarida savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari barpo etilib, kamida 3 mingta yangi ish o‘rni tashkil etiladi. Bunga 200 milliard so‘m kreditlar ajratiladi.
- Angren, Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaronda kamida 100 gektardan qir-adir yerlari dam olish maskanlari, dala hovlilari va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun ochiq auksionga chiqariladi.
- Ohangarondagi “Ertosh-soy” va “Ovjaz-soy” qishloqlariga “turizm qishlog‘i” maqomi berilib, infratuzilma bilan to‘liq ta’minlanadi.