Olmaliq, Angren va Ohangaronda “yirik mis klasteri” korxonalari tashkil etiladi

Olmaliq, Angren va Ohangaronda “yirik mis klasteri” korxonalari tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev: "...E’tiboringizga bitta raqamni keltirmoqchiman. Xalqaro kompaniyalar bilan olib borilgan geologik izlanishlar natijasida Olmaliqda mis va boshqa xom ashyoning 45 million tonnadan ortiq yoki 700 milliard dollarlik yalpi zaxirasi aniqlandi.

Bu aniqlangan zaxiralar bo‘yicha biz dunyodagi eng yetakchi davlatlar qatoridan o‘rin egalladik.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan qiymati qariyb 8 milliard dollar bo‘lgan loyiha doirasida 3-chi va 4-chi mis boyitish fabrikalari, karyer va mis eritish zavodi qurilib, yiliga 160 million tonna rudani qayta ishlash va 400 ming tonna mis hamda oltin, kumush, molibden ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!