Yurtimizda 7 soat ichida yana 100dan oshiq odamda koronavirus aniqlandi

Yurtimizda 7 soat ichida yana 100dan oshiq odamda koronavirus aniqlandi

?2020 yil 1 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8781 (+110) nafarni tashkil etmoqda.

?Yangi kasallanish holatlarining 69 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 26 nafari Toshkent shahrida (shundan 13 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 13 nafari aholi orasida), 10 nafar Sirdaryo viloyatida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida), 2 nafari Buxoro viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 2 nafari Samarqand va 1 nafari Qashqadaryo  viloyatida  koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

❗️Ayni paytda yurtimizda 5847 (+165) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.

‼️Hozirda mamlakatimizda 2907 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


00:01 02.07.2020
Фикрлар ёпилди