27-o‘lim: Koronavirusdan zararlangan qashqadaryolik erkakning shifokorga kech murojaat qilishi uning vafotiga sabab bo‘ldi 

27-o‘lim: Koronavirusdan zararlangan qashqadaryolik erkakning shifokorga kech murojaat qilishi uning vafotiga sabab bo‘ldi 

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yashovchi 64 yoshli  S.H. shu yilning 7 iyun kuni Toshkent viloyati Yangiyul tumaniga borib, 12 iyun kuni Toshkent-Qarshi tezyurar (Afrosiyob) poyezdida yashash manziliga qaytgan. Oradan uch kun o‘tib, ya’ni joriy yilning 15 iyun kuni tana harorati ko‘tarilgan va u uzoq vaqt uy sharoitida davolanib kelgan.

Bemor (erkak kishi) bundan avval, oxirgi 5 yil davomida qandli diabetning og‘ir kechishi tashxisi bilan dispanser nazoratida turib,  davolanib yurgan.

29 iyun kuni ahvoli og‘irlashganligi sababli shifokorga kech murojaat qilgach, G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi reanimasiyaga bo‘limiga ikki tomonlama o‘tkir pnevmoniya og‘ir darajasi, yurak va nafas yetishmovchiligi va qandli diabet og‘ir kechishi tashxisi bilan yotqizilgan.

Mutaxassislar tomonidan  standartlar asosida ko‘rsatilgan  reanimasion muolajalariga  qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.


23:51 01.07.2020
Фикрлар ёпилди