Yangi tayinlovlar: Prezident Administrasiyasi Ijro etuvchi apparatida rahbariyat o‘zgardi

Yangi tayinlovlar: Prezident Administrasiyasi Ijro etuvchi apparatida  rahbariyat o‘zgardi

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administrasiyasi Ijro etuvchi apparatida xodimlarini lavozimga tayinlash to‘g‘risida Prezidentining farmoyishi e’lon qilindi.
 
Unga ko‘ra, Dilnoza Murodovna Ziyamuxamedova ommaviy axborot vositalari, televideniye va matbuotni rivojlantirish sho‘’basi mudiri lavozimiga tayinlandi.
 
G‘ulomjon Xursandovich Samadov tadbirlar yoritilishini tayyorlash sho‘’basi mudiri lavozimiga tayinlandi.
 
Nosirjon Jamoliddinovich Jo‘rayev tahliliy materiallarni tayyorlash va Administrasiya bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘’basi yetakchi konsultanti lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Ijro etuvchi apparati ommaviy axborot vositalari, televideniye va matbuotni rivojlantirish sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.

21:32 01.07.2020
Фикрлар ёпилди