Koronavirusga qarshi kurashning shvedcha usuli yoxud dala o‘rtasidagi yolg‘iz “restoran“

Koronavirusga qarshi kurashning shvedcha usuli yoxud dala o‘rtasidagi yolg‘iz “restoran“

Shvesiyada dala o‘rtasida faqat yakka mijozga mo‘ljallangan noodatiy restoran o‘z ishini boshladi. Bu haqda CNN xabar berdi.

“Bord For En”(“Bir kishi uchun stol“) mamlakat poytaxti Stokgolmdan taxminan 350 km. uzoqlikda joylashgan Vermland dalalari o‘rtasida joylashgan.

“Bino“da faqat bitta stol va stul bor. U yerda ofisiant ham yo‘q. Taom arqon orqali savatchada yetkazib beriladi.

Pandemiya sharoitida ovqat shinavandalarini xursand qilishning bunday g‘oyasini er-xotin Rasmus Persson va Linda Karlsson o‘ylab topdi. 

Bu reja qanday paydo bo‘ldi dersiz. 

Bir necha hafta oldin ularni ko‘rishga Lindaning ota-onasi kelishadi.

Chunki Shvesiyada fuqarolarni sosial masofani saqlash majburiy emas, lekin ushbu qoidaga rioya etish hukumat tomonida tavsiya etib kelinmoqda.

Shunga qaramay biz aytgan juftlik qarindoshlarining salomatligidan xavotir olib, ular uchun bog‘da alohida dasturxon yozib berishadi. Sobiq shef-oshpaz bo‘lgan Persson esa tayyorlagan taomini deraza orqali bog‘dagi stolga uzatib beradi.

Shundan so‘ng boshqa odamlar uchun mana shunday tamaddi qilish imkoniyatini yaratib berish fikri paydo bo‘ldi.

Noodatiy restoran 10 may kuni ochiladi va 1 avgustga qadar ishlaydi. U yerda bir kunda faqat bir mijoz qabul qabul qilinadi.

Mehmonlarga uch xil ovqat taklif etiladi: shvedcha usulda tayyorlangan smetanali kartoshkali oladya; shirin makkajo‘xoridan tayyorlangan sharchalar sabzili-zanjabilli pyuresi bilan; desertga esa jinga to‘yintirilgan chernika. Har bir taom uchun alkogolsiz ichimlik ham taklif etiladi.

Restoran egalari u yerda mijozdan boshqa hech kim bo‘lmasligi va uni hech kim kuzatmasligiga ishontirishmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti esa koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha shvedcha yondashuvdan normal hayotga qaytish borasida namuna olsa arzishini tan olgan.


07:36 04.05.2020
Фикрлар ёпилди