Evropada, Amerikada, Afrika va Osiyodagi dindorlarni ko‘rdim. Ular:
"Ayol kishi shayton. Yoki u shaytonning yordamchisi. Har bir ayol bu Odam Atoni jannatdan chiqishiga sabab bo‘lgan Havodir. Ularning kasofatidan qutilish uchun ularni bo‘g‘ish, ularga tazyiq qilish kerak", deyishadi.
Bu narsa, ya’ni ayol insoniyligini qatl qilguvchi tazyiq g‘arb madaniyati nomi ila bo‘yalgan portlash ortidan sodir bo‘ldi.
Biz bu ikki uzoq tomondan hech biriga tarafdor emasmiz. Bittasi ayolni uyiga qamasa, ikkinchisi uni ko‘chaga uloqtiradi.
Islom bizni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tajribalardan va achchiq yoki shirin ko‘nikmalardan xalos qildi. U bizga ochiq-ravshan va to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatdi.
Biz Allohning dinini buzg‘unchi, shumlanuvchi va nuqsonli fikrlar bilan fikrlovchilar bilan emas, uni o‘z haqqicha biladigan, muammolarni ongli iymon bilan hal qila oladigan kishilar bilan anglashga muhtojmiz.
Ayol kishilarni shariat chegarasida, fitratiga munosib ishlarda ishlash haqqidan man qiladiganlar shar’iy va vaz’iy (ilohiy bo‘lmagan) haqiqatlarni bilmaydiganlardir.
Aksincha, ayol kishiga jamiyatga mutloq aralashishga ruxsat beradiganlar, har qanday toyilishlarni unga osonlashtirib beradiganlar ham shar’iy va vaz’iy haqiqatlarni anglamaydiganlardir.
Bizning qo‘limizda risolat sohibi sallollohu alayhi va sallam va u zotning talabalari bino qilib bergan bino turibdi. Nega uni o‘rganmaymiz, undan ibratlanmaymiz?!.
Muhammad G‘azzoliy.
"Missionerlardan ogohlantiruvchi nido" kitobidan.
Manba: azon.uz