Ba’zida "sog‘lom" oziq-ovqat mahsulotlari niqobi ostida haqiqiy "qotillar" yashiringan. Mutaxassislar organizm uchun eng xavfli mahsulotlar ro‘yxatini tuzishdi. Bu haqda UsurMedia yozmoqda.
Mutaxassislar diyetada uglevodlarning ulushi 55% -66% bo‘lishi kerakligini tushuntirishmoqda. Uglevodlarni odatdagidan ko‘proq iste’mol qiladigan odamlar ko‘pincha insultga duch kelishadi.
Yurak xuruji va qon tomir xavfini oshiradigan iste’mol mahsulotlari orasida apelsin, sabzi yoki seldereyning yangi siqilgan sharbatlari mavjud. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ular organizm uchun "shakar bombasi"dir — ularda fruktoza juda ko‘p.
Shuningdek, gazlangan ichimliklar zararli hisoblanadi, chunki ular tarkibida saratonni keltirib chiqaradigan moddalar mavjud. Mutaxassislar qahvaga shakar qo‘shib ichishni tavsiya etmaydi, chunki bu semirtiradi.
Oq guruch, xamir ovqatlar va makaron mahsulotlarida uglevodlar juda ko‘p, mutaxassislar ushbu mahsulotlarni yovvoyi guruch, quritilgan mevalar va yong‘oqlar bilan almashtirishni maslahat berishadi.