Koronavirusga chalingan shifokor hamkasblarining aybi bilan vafot etdi

Koronavirusga chalingan shifokor hamkasblarining aybi bilan vafot etdi

Amerikaning Michigan shtatidagi Farmington-Xills shahrida shifokorlar tibbiyot xodimiga to‘g‘ri munosabat qilmay, uning o‘limiga sabab bo‘lishdi. Bu haqda WJBK telekanalining veb-saytida xabar berildi.

Debora Geytvud, 63 yoshda, laboratoriya diagnostikasi shifokori bo‘lib ishlagan va testlarni o‘tkazish uchun qon to‘plashga mas’ul bo‘lgan. Mart oyida u o‘zida koronavirus alomatlarini sezdi va yordam so‘rab hamkasblariga murojaat qildi. Shifokorlar uning koronavirusga chalinganini taxmin qilishdi, ammo tekshiruv o‘tkazishmadi va o‘z-o‘zini izolyasiya qilish uchun uyiga jo‘natishdi.

Geytvudning qizi Kaylaning ta’kidlashicha, shundan so‘ng onasi kasalxonaga yana uch marta borib, yo‘tal va isitma kuchayib borayotganidan shikoyat qilgan. Biroq unda COVID-19 tekshiruvi o‘tkazish o‘rniga yo‘talga qarshi dori berishgan va uy sharoitida davolanishni so‘rashgan. “Onam ish joyida virus yuqtirdi, ammo hamkasblari unga yordam berishmadi. Bu juda yomon holat», dedi Kayla.

Geytvudning ahvoli tezda yomonlashdi. Uyda hushini yo‘qotganidan keyin kasalxonaga yotqizildi. Kasalxonada unga ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Bir necha kundan keyin u vafot etdi. "Qanday qilib onamning ahvoli og‘irlashganida shunchaki yo‘talga qarshi tabletka berib, uy sharoitida davolanishni buyurish mumkin?" — deya g‘azablanadi qizi.

Avvalroq, shifokorlar Amerikaning Michigan universitetidagi talabani COVID-19 uchun tekshirishdan bir necha marta bosh tortgan va uning o‘limiga sabab bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Yigitning ahvoli og‘irlashgandan keyingina u kasalxonaga yotqizilgan va unda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.


15:20 24.04.2020
Фикрлар ёпилди