Avval ma’lum qilinganidek, bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori o‘rinbosari Bahrom Almatov ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.
❓Foydalanilgan niqob va qo‘lqoplarni qanday yo‘q qilish kerak? Dezinfeksiyalovchi eritmalar (gipoxlorit kalsiy yoki gipoxlorit natriy) qanday konsentrasiyada bo‘lishi lozim?
? Agar niqob va qo‘lqop koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar davolanayotgan stasionarlarda ishlatilgan bo‘lsa, ularni 30 daqiqa davomida 3%li dezinfeksiyalovchi eritma bilan zararsizlantirish va keyin iyersiniratorda yo‘q qilish kerak.
✔️ Shaxsiy profilaktika uchun foydalanilgan niqob va qo‘lqoplarni 0,5% li dezinfeksiyalovchi eritmada ishlov berib, keyin iyersiniratorda yo‘q qilish kerak.
❓Sog‘aygan bemorlar keyinchalik qanday nazorat qilinadi? Ehtiyot choralari ko‘riladimi? Chunki hozirda virusning qanday oqibatlari borligi va qaytalanishini taxmin qilib bo‘lmaydi?
❗️Stasionarda davolangandan keyin bemorlar reabilitasiya markaziga jo‘natiladi. 3 marta manfiy laboratoriya natijasidan so‘ng bemor kasalxonadan chiqariladi va keyin nazoratga olinmaydi.
❓Karantinda bo‘lgan davri to‘g‘risida ma’lumotnomani qayerdan olsa bo‘ladi?
❗️Bunday ma’lumotnoma karantin hududi (stasionar, poliklinika, sanatoriya va tibbiy muassasa) rahbari tomonidan beriladi.
〰️〰️〰️〰️〰️
❓Homiladorman. Bir oydan beri shifokor ko‘rigiga boryapman. Qanday qilib shifokor nazoratiga borsam bo‘ladi?
❗️Salomatligingiz yomonlashganda tez yordam chakiring. Hududiy poliklinka akusher-ginekologi rejaviy asosda sizni nazorat qilib boradi.